1

Avtomobilda uzoqlikka sakrash bo`yicha yangi rekord o`rnatildi

Rekord 14.11.2017, 11:51
Avtomobilda uzoqlikka sakrash bo`yicha yangi rekord o`rnatildi

Amerikalik Brays Menzis o`z avtomobili yordamida uzoq masofaga sakrash bo`yicha yangi jahon rekordini o`rnatdi. U Nyu-Meksiko shtatidagi qarovsiz shaharchada Pro2 poyga mashinasida 115,6 metrli masofani zabt etdi. Brays o`sha zahoti o`z natijasini yaxshilashga harakat qildi. Ammo keyingi urinish omadsizlik bilan tugadi – uchar shovvoz erga qo`nish vaqtida elkasini jarohatlab oldi.

Shunga qaramay, uning avvalgi muvaffaqiyati “Ginnessning rekordlar kitobi”ga kirish uchun etarli bo`ldi. Ma`lum bo`lishicha, Menzis favqulodda murakkab tryukni uzoq yillardan beri rejalashtirib kelgan. O`tgan yilning bahoridan boshlab esa tayyorgarlik ishlariga yanada zo`r bergan. Poygachi va uning jamoasi 4 oy davomida San-Diego shahrida bir qator sinov urinishlarini amalga oshirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1