1

Madad-shifo: “TIShDATOSh YIG`ILIShI STOMATITGA SABAB BO`LADIMI?”

Salomatlik 14.11.2017, 16:10
Madad-shifo: “TIShDATOSh YIG`ILIShI STOMATITGA SABAB BO`LADIMI?”

Deyarli har 2-3 oyda tilning yon tarafi va lab ichida stomatit yuzaga keladi. Davolovchi shifokorimning aytishicha, tez-tez qaytalanadigan stomatitning ikki xil sababi bo`lishi mumkin, biri oshqozon-ichak muammolari, ikkinchisi esa tish toshi ekan, chindanam shunaqami? Tishlarda to`plangan tosh qanday qilib stomatitni keltirib chiqarishi mumkin?

Dilnoza Safarova, Navoiy viloyati

Ulug`bek MUHAMMADXO`JAEV, oliy toifali shifokor-stomatolog:

— Tish toshlari yog`, tuz va mikroorganizmlardan tarkib topgan. Og`iz bo`shlig`i gigienasiga amal qilmaslik og`iz bo`shlig`i RN muhitini kislotalilik tomon surilishiga olib keladi. Og`iz bo`shlig`idagi RN muhit shilliq qavatda, tish emalida mikroorganizmlar uchun faollikni oshirib, buning oqibatida turli kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Stomatitning ikki emas, bir qancha sabablari bor, bular:

–Infeksiyalar;

–Jarohatlar: mexanik (protez tish, o`tkir qirralir tishlar, tish toshlari); kimyoviy (ishqor va kislotalar tufayli); fizik (shilliq qavat kuyishi va nurlanishi);

–Allergiya;

–Medikamentoz zaharlanish;

–Moddalar almashinuvining buzilishi;

–Tizimli xarakterdagi ichki a`zo kasalliklari oqibati bo`lishi mumkin.

Agar sizda stomatit aniqlangan bo`lsa, sanab o`tilgan omillarni birma-bir ko`rib chiqish kerak. To`liq tibbiy tekshiruvgina masalaga oydinlik kiritadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1