21.02.2014 14:46
Stol shaklidagi katta planshet yaratildi
Ushbu qurilmaning 32-dyumligi ham mavjud. Bu ajoyib planshet stol ko`rinishida bo`lib, Windows 8 operasion tizimida ishlaydi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Gigant planshet Platform 46 deb nomlandi. Ushbu qurilmaning noodatiy tomonlari nafaqat uning hajmida, balki u bir vaqtning o`zida 60 ta qo`lning tegishini seza oladi.
Shu tariqa agarda ushbu superplanshetda maxsus dastur o`rnatilgan bo`lsa, qurilmadan bir vaqtning o`zida 10 dan ortiq kishi foydalana oladi. Buning ustiga Platform 46 ekrani changdan va namlikdan himoyalangan. Planshet ekrani hajmi 1920x1080 pikselni tashkil qiladi.