Shimoliy Kaliforniyada erkak bir necha manzil, jumladan, boshlang`ich maktabda o`t ochdi.
Oxirgi ma`lumotlarga ko`ra, 4 kishi halok bo`ldi va kamida 7 kishi yaralandi. Kasalxonaga 3 nafar bola etkazilgani bildirilmoqda.
Ismi-sharifi oshkor etilmayotgan jinoyatchi sherif yordamchisi tomonidan otib o`ldirildi. Uning yonidan ikki to`pponcha va yarim avtomat qurol topildi.
Erkak uyidagi mojaro davomida otishmani boshlagani bildirilmoqda. Shundan so`ng jinoyatchi begona mashinani olib jo`nab ketgan va 7 ta manzilda o`q uzgan.






