22.02.2014 09:23
“Olmaliq” fransiyalik futbolchi bilan shartnoma tuzishi mumkin
Ushbu uchrashuvda “Olmaliq” tarkibida ikki nafar legioner ko`rikdan o`tgan. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, legionerlardan biri Markaziy yarim himoyada to`p suruvchi Jazoir hamda Fransiya fuqaroligiga ega bo`lgan Nasser Menassel. 1983 yil tavallud topgan futbolchi 2003-2007 yillarda Fransiyaning "Grenobl" jamoasida o`ynagan Nasser keyinchalik Ruminiya chempionatida ("Otopeni", "Internasional", "Panduri", "Kluj", "Brasov") to`p surgan.