Shveysariyaning Jeneva shahridagi Christie's auksion uyida ikkita noyob olmos 48,2 million dollarga sotildi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
Shunday qilib, og`irligi 163 qirot bo`lgan olmos 33,5 million Shveysariya frankiga sotildi. Auksion katalogida mazkur zargarlik buyumining taxminiy narxi hatto ko`rsatilmagan edi.
18 ta kichik hajmdagi olmos va nok shakliga ega 66 ta zumraddan iborat taqinchoqqa qo`yilgan zumrad qirrali 163 qirotli olmos auksionga qo`yilgan eng yirik qimmatbaho tosh hisoblanadi.
Taqinchoq GRISOGONO zargarlik uyi tomonidan bir nusxada yaratilgan. Olmos 2016 yilda Angoladan topilgan 404 qirotli olmosdan o`yib olingan edi. Uning tashqi tomoniga ishlov berish uchun 11 oy vaqt talab etildi, bu jarayon ustida esa o`n nafar ekspert-zargarlar mehnat qildi.
Auksiondagi ikkinchi noyob 19 qirotli Le Grand Mazarin pushti olmosi 14,3 million frank (14,5 million dollar) evaziga sotildi.
Bu toshning tarixi XVII asrga borib taqaladi.






