“Bitlz” guruhiga tegishli esdalik buyumlardan iborat eng ulkan kolleksiya Rodolfo Renato Vaskesga tegishli. 2011 yilda ushbu to`plamda 7700 ta turli suvenirlar mavjudligi rasman qayd etilgan. Rodolfo 10 yoshidan boshlab Liverpul kvartetining ashaddiy ishqiboziga aylangan.
Uning to`plamidan joy olgan ko`plab buyumlar 2011 yili Buenos-Ayresda ochilgan muzey zallariga ham qo`yilgan. Noyob eksponatlar orasida afsonaviy guruhga mansub jurnallar, kitoblar, gazetalar, dastxatlar, fotosuratlar, videoyozuvlar, kompakt-disklar, afishalar, konsert chiptalarini uchratish mumkin.