1

Endi smartfonlardan xushbo`y hid taraladigan bo`ladi

Hi-tech 22.02.2014, 13:01
Endi smartfonlardan xushbo`y hid taraladigan bo`ladi
Hid elektron pochta yoki oddiy sms orqali yuboriladi. 

Garvard universiteti o`quvchilari professor Devid Edvards rahbarligida Ophone nomli qurilma ihtiro qilishdi. U hidini ming kilometrga tarata oladi. Buni tvit qoldirib, sms yoki elektron pochta xizmatidan foydalanib amalga oshirish mumkin. Bu haqda Newsland  nashri xabar beradi. 

Qurilmaning ishlash prinsipi quyidagicha: xabar muallifi maxsus dastur yordamida o`ziga yoqqan hidni tanlaydi, (gullar, meva va shokolad hidi) so`ngra tanlovini fayl ko`rinishida yuboradi.

Ikkinchisi esa yuborilgan hidni tarqalishi uchun Ophone’ni blyutuz orqali ulaydi. Shuningdek, smatrfonga hidlarni o`zida olib yuruvchi kartrijlardan biri ham ulanadi. Aynan o`sha kartrij kerak bo`lgan hidni ajratilgan qismdan olib beradi. Hid tarqatilgach, u bir yarim daqiqa davomida taraladi. Shundan so`ng yo`qoladi.  

Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, bu qurilma 2015 yilda sotuvga chiqishi mumkin.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1