Birlashgan Arab Amirliklarida jahonga mashhur “Luvr” muzeyining filiali ish boshladi.
Mazkur maskan atrofi Fors ko`rfazi suvlari bilan o`ralgan. Zallarning umumiy maydoni deyarli yuz ming kvadrat metrga teng. Bu erda 600 ga yaqin eksponatlar namoyishga qo`yilgan.
Muzeyga tashrif buyuruvchilar ko`pligi sababli ma`muriyat har kuni yana mingta qo`shimcha chipta chiqarayapti.






