1

Madad-shifo: “BAChADON TUShIShI XAVFLIMI?”

Salomatlik 16.11.2017, 19:22
Madad-shifo: “BAChADON TUShIShI XAVFLIMI?”

UTT tahlili kelinimda bachadon tushishi holatini ko`rsatdi. Asli homiladorlikni rejalashtirish uchun tibbiy ko`rikdan o`tayotgan edi. Bachadon tushishi mavjud deyishgach, o`ylanib qoldim, hozircha farzandli bo`lishga shoshilmagani ma`qulmikan?

Zulayho Boymurodova, Toshkent viloyati

Gulnora PO`LATOVA, oliy toifali shifokor-ginekolog:

— Me`yorda bachadon a`zosi tos suyagi sohasida joylashgan bo`ladi. U bir qator mushak va to`qimalar bilan ushlanib turiladi. Bachadon tushishi asosan tug`ruq payti qattiq kuchanish oqibatida kelib chiqadi. Bunda mushaklar bo`shashadi va bachadon joylashuvi o`zgaradi.

Yoshga doir o`zgarishlar qatorida estrogen gormonining kamayishi ham mushaklarni sustlashtiradi. Anglaganingizdek, bu ham bachadon tushishini keltirib chiqarishi mumkin.

Bulardan tashqari, tos mushaklariga zarba beruvchi holatlar ham bor: bular, ich qotishi, surunkali yo`tal, qorin bo`shlig`ida suyuqlik to`planishi, og`ir yuk ko`tarish, tamaki chekish kabilardir. Bachadon tushishi kelib chiqqanida, tos sohasida og`riq, qindan biror nima chiqib turganidek hisning mavjudligi, peshob ajratish vaqti noqulaylik kuzatiladi. Muolaja ginekolog shifokor tomonidan olib borilib, bachadon tushishi darajasiga ko`ra belgilanadi. Engil bachadon tushishida gimnastika, estrogen shamchalar va og`ir jismoniy yuklamalardan saqlanish buyuriladi. Agar bachadon tushishining ikkinchi va uchinchi darajalari aniqlansa, bunda tezkor davo choralari qo`llaniladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1