1

Google 3D ko`rish qobiliyatiga ega smartfonni taqdim etdi (VIDEO)

Hi-tech 24.02.2014, 13:54
Google 3D ko`rish qobiliyatiga ega smartfonni taqdim etdi (VIDEO)
Google kompaniyasi 3D ko`rish qobiliyatiga ega 5-dyumli smartfonni taqdim etdi.

Qurilmaning orqa qismiga o`rnatilgan datchiklar yon-atrofni real vaqtda 3D modelda ko`rsata oladi. Ushbu loyiha Project Tango deb nomlandi. Loyiha ustida kompaniyaning Advenced Technology and Project (ATAP)  bo`limi ish olib bordi. 

Xonani 3D  ko`rinishiga keltirishga odam harakatini kuzatuvchi 4-megapikselli kamera, ikkita maxsus prosessor, chuqurlik sensori(Xbox uchun bo`lgan Kinect kontrolleri), giroskop, kompas javob beradi.  

Qurilma foydalanuvchiga turli xil holatlarda yordam berishi mumkin. Masalan, uyiga yangi mebel harid qilishdan avval foydalanuvchi uyini 3D harita ko`rinishda suratga olishi va mebel tanlashda foydalanishi mumkin. Shuningdek, ushbu funksiya ko`rish qobiliyati past bo`lgan kishilarga boshqalarning yordamisiz begona joyda mo`ljal olishga yordam beradi.  

Bu gadjet erkin sotuvga qo`yilishi rejalashtirilmayapti. Qurilmani faqatgina ishlab chiqaruvchi mutaxassislar Google’ga talabnoma yuborib, tanlov asosida qaysi yo`lda qurilmadan foydalanishlariga qarab, qo`lga kiritishlari mumkin bo`ladi.

14 mart kuni kompaniya 200-nusxa smartfonni mutaxassislarga taqdim etishi kutilmoqda.

<center><iframe width="560" height="315" src="//www.youtube.com/embed/Qe10ExwzCqk" frameborder="0" allowfullscreen></iframe></center>  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1