Rossiyalik teleboshlovchi Andrey Malaxov o`g`il farzandli bo`ldi, deb xabar beradi “Daryo.uz” nashri.
«Kecha soat 23:30 da teleboshlovchi Andrey Malaxov va uning rafiqasi Natalya Shkuleva ota-ona bo`ldi. Ular 6 yildan beri birga va tug`ilgan o`g`il bola ularning birinchi farzandi», — deyiladi xabarda.
Teleboshlovchining o`zi esa bolaga hali ism tanlamagani, chaqaloq tug`ilganidan so`ng uning fe`l-atvoriga mos ism qo`yishni rejalashtirganini ma`lum qilgan.






