1

Vetnamda ko`prik qulashi oqibatida 7 kishi halok bo`ldi

Dunyo 24.02.2014, 17:30
Vetnamda ko`prik qulashi oqibatida 7 kishi halok bo`ldi
Vetnam shimolida osma ko`prik quladi. Buning oqibatida etti kishi halok bo`ldi va 37 nafari esa jarohatlandi. Bu haqda Gazeta.ru nashri xabar bermoqda.
 
Mahalliy polisiya bergan ma`lumotlarga ko`ra, osma ko`prik dafn marosimiga yo`l olayotgan 40 kishi bo`lgan payt qulagan. Ko`prikda bo`lgan barcha 9 metrli balandlikdan tog` darasiga qulab tushgan. Oqibatda uch kishi voqea joyida halok bo`lgan. Olingan jarohatlar sababli keyin yana to`rt kishi vafot etdi. 
 
Shifokorlar jarohatlanganlar ahvolini og`ir ekanligini aytishmoqda. Mahalliy  polisiya esa ko`prikning qulash sabablarini o`rganmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1