1

Olma va ruchka haqidagi tarona

Rekord 18.11.2017, 15:43
Olma va ruchka haqidagi tarona

Piko-Taro taxallusi bilan ijod qiluvchi yaponiyalik Kasuxiko Kosaki barchani hayratlantirishda davom etmoqda. Uning qalamiga mansub "Pen Pineapple Apple Pen" nomli 45 soniyalik videorolik "Billboard" jurnali xit-paradiga boshchilik qilgan eng qisqa singl sifatida "Ginnessning rekodlar kitobi"ga kiritildi. E`tiborlisi, mazkur mo``jaz tarona hozirgacha Feysbukda 70, Yutubda 200 million marotaba tomosha qilingan.

E`tiborlisi, 53 yoshli komik va didjeyning olma, ruchka va ananas haqidagi qo`shig`i 1964 yili amerikalik "The Womenfolk" guruhining davomiyligi 1 daqiqayu 2 soniyalik "Little Boxes" qo`shig`i o`rnatgan rekordni yangiladi. Shu tariqa Piko-Taro nufuzli "Billboard" reytingidan joy olgan dastlabki yaponiyalik ijrochiga aylandi. Endilikda uning yangi ijod namunalarini dunyoning istalgan nuqtasida uchratish mumkin. Chunki ijodkor "Sony", "CNR Music" va "Time Records" ovoz yozish kompaniyalari bilan uzoq yillik shartnoma imzoladi.

Sertifikatni qabul qilib olar ekan, xonanda rolikning bu qadar shuhratga erishishini mutlaqo kutmaganini tan oldi.

Eslatib o`tamiz, Piko-Taro o`z videosini avgust oyida internetga joylashtirdi va mislsiz shuhrat qozondi. Ijrochi klip suratga olish uchun bor-yo`g`i 1300 AQSh dollari sarflaydi va hech qanday foyda ko`rmaydi. O`shandan buyon u raqs harakatlari bo`yicha ko`plab parodiya va videodarsliklarni yaratdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1