1

Sayyoramizdagi eng og`ir zargarlik namunasi tayyorlandi

Rekord 18.11.2017, 15:46
Sayyoramizdagi eng og`ir  zargarlik namunasi  tayyorlandi

Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi zavodda 33 kilogrammlik ayollar oltin taqinchog`i tayyorlandi. Komplekt marjon, bilaguzuk, zirak va uzukdan iborat.

U oltinning 999-probasidan yasalgan va sayyoramizdagi eng og`ir zargarlik namunasi sifatida "Ginnessning rekordlar kitobi"ga kiritildi.

Uni yaratish uchun yuz nafar zargar yil davomida mehnat qildi. Bundan tashqari, yana yarim yil taqinchoqning dizayni ustida ish olib borilgan. E`tiborli jihati, garnitur undagi barcha bezaklar bilan birga 1,6 million AQSh dollariga baholanmoqda.

“Biz saudiyalik ayollar va erkaklar qo`li bilan tilladan ajoyib zeb-ziynatni tayyorlash orqali mamlakatimiz nomini "Ginnessning rekordlar kitobi"ga muhrlashni maqsad qilgan edik”, deydi zargarlik firmasi ijrochi direktori Isom al-Ashrafiy.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1