AsosiyHi-tech

Mozilla 25 dollarlik smartfon ishlab chiqarishga va`da berdi

Firefox brauzerini ishlab chiqargan Mozilla kompaniyasi narxi $25 bo`lgan smartfon ishlab chiqarishga va`da berdi.
 
Barselonada bo`lib o`tgan xalqaro mobil kongressida Mozilla kompaniyasi chipset ishlab chiqaruvchi Xitoyning Spreadtrum kompaniyasi bilan hamkor bo`lganliklarini ma`lum qildi. Kompaniya vakillarining aytishicha, smartfon ishlab chiqaruvchilar iPhone bilan raqobatlasha oladigan modellar ishlab chiqarishadi. Bu esa smartfonlarning narxi oshishiga olib keladi.  

Kompaniya rivojlanib borayotgan mamlakatlar aholisining barchasida ham smartfon sotib olishga imkoniyat yo`qligini eslatib o`tdi. 

Mozilla kompaniyasining ushbu arzon smatfoni qachon ishlab chiqarilishi aytilmagan.  

    Boshqa yangiliklar