1

​TANAMIZNING AJOYIBOTLARI

Salomatlik 18.11.2017, 18:12
​TANAMIZNING AJOYIBOTLARI


Mehnatkash yurak

Yurak tanadagi eng zahmatkash mushak hisoblanadi. har kuni u yuk mashinasi 25 kilometr yo`lni bosib o`ta oladigan miqdorda quvvat ishlab chiqaradi. O`rtacha 60 yillik umr davomida esa yurak ishlab chiqaradigan energiya oyga borib, qaytib kelishga etadigan quvvatga tengdir.

Tengsiz miya

Miyaning 60 foizi yog`dan tashkil topgan, biroq shunda ham u juda mehnatkash. Istalgan lahzada miya 25 vatt quvvat ishlab chiqarishi mumkin. Bu esa bitta elektr lampochkasini yoritishga etadi.

O`suvchan teri

Teri insonning eng yirik tana a`zosi va u doim o`z-o`zini yangilab turadi. Teri har daqiqada mingta hujayradan voz kechadi. O`rtacha umri davomida bir kishi 18 kilogramm “po`st” tashlaydi.

Tafakkur qudrati

Miyangiz doimo ishlab turadi. Olimlarning ta`kidlashicha, o`rta hisobda inson har kuni 70 ming o`yni boshidan o`tkazadi. Eng qizig`i esa miya uyqu vaqtida har doimgidan ham faolroq bo`ladi.

Qisqarib ketadigan suyaklar

Inson dunyoga kelganida uning 300 dan ortiq suyagi bo`ladi. O`rta yoshlarga kelib esa unda 206 tagina suyak qoladi. Buning sababi, ba`zi suyaklar o`sish jarayonida o`zaro qorishib ketadi.

Yangi hayot mo``jizasi

Ona qornidagi bolada soniyasiga sakkiz mingta miya to`qimasi vujudga keladi. Yangi tug`ilgan chaqaloqlar atigi bir necha soatlardan keyinoq o`z onasini taniy oladi.

Aksa urish

Odatda odam soatiga 64 kilometr tezlikda aksa uradi. Bu yugurib ketayotgan yo`lbarsning tezligi bilan barobar!

Uzun qon tomirlari

Agar bir kishi tanasidagi arteriya, vena va kapillyar tomirlari bir-biriga uchma-uch ulanganida 260 ming kilometrni tashkil etardi. Bu esa Er sayyorasini deyarli ikki yarim marta aylanitirib o`rashga etadi.

O`suvchan soch

Bitta soch tolasi har oyda 6 millimetrga o`sadi va olti yilgacha o`sishda davom etishi mumkin. Undan keyin esa bu soch tolasi qarib, asta-sekin to`kilib, uning o`rniga boshqasi o`sib chiqishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1