AsosiySport

​ChIPTANI QALBAKILAShTIRGANGA JAZO BOR!

'​ChIPTANI QALBAKILAShTIRGANGA JAZO BOR!'ning rasmi

Chiptani qalbakilashtirganlarga jazo bor!

Rossiya Federasiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedev mamlakatda o`tkazilishi rejalashtirilgan JCh-2018 o`yinlari uchun chiqariladigan chiptalarni qalbakilashtirishga qarshi kurash to`g`risidagi qonun loyihasini parlamentda muhokama qilish uchun taqdim etdi.

Yangi qonun loyihasiga ko`ra, mundial uchrashuvlari uchun sotuvga chiqarilgan chiptalarni qalbakilashtirgan yoki noqonuniy savdosini yo`lga qo`ygan shaxs uchun ma`muriy javobgarlik belgilanishi mumkin. Shuningdek, FIFA kelishuvi asosida uchrashuv o`tkazilishi belgilangan maydonga kirish ruxsatnomasini o`zboshimchalik bilan taqdim etgan mas`ullarga ham jazo tayinlanadi.

Loyihada yozilishicha, yuqorida sanab o`tilgan holatlar aniqlangudek bo`lsa, huquqbuzarga nisbatan chipta bahosining 20-25 barobar qiymatidagi jarima belgilanadi. Agar bu ko`rinishdagi huquqbuzarlik holati mansabdor shaxs tomonidan amalga oshirilsa, u holda jarima miqdori 4 baravar ortadi.

    Boshqa yangiliklar