AsosiySport

ENG TIG`IZ TAQVIMDAGI MATChLAR

'ENG TIG`IZ TAQVIMDAGI MATChLAR'ning rasmi

Angliya Premer-ligasida Yangi yil kirib kelishi va uning dastlabki kunlarida an`anaviy ravishda Boxing Day kunlari o`tkaziladi va unda qisqa kunlarda bir yo`la 4 ta tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi. VVS nashri zich grafik vaqtlarini hisoblab chiqdi va o`sha muddatda eng tig`iz taqvimda o`ynaydigan jamoalarni aniqladi.

Unga ko`ra, 23 dekabrdan 1 yanvarga qadar jamoalar to`rttadan uchrashuv o`tkazishga ulguradi. Eng tig`iz taqvim «Lester»da kuzatiladi. Jamoa «Manchester Yunayted», «Uotford», «Liverpul» va «Xaddersfild Taun»ga qarshi o`yinlarni 213 soat ichida o`tkazadi.

Bu borada biroz omadi kulgan jamoa «Arsenal» bo`lib turibdi — jamoa to`rt uchrashuvni 290 soat ichida o`tkazadi «Chelsi» esa 263 soat ichida bu vazifani bajaradi. Shuningdek «Brayton», «Byornli» va «Bornmut»da ham vaziyat jiddiyroq. Ular to`rt o`yinni 215 soat ichida o`tkazishlari kerak bo`ladi.

1 yanvar 22-tur bahslaridan so`ng Angliya chempionatida 13 yanvarga qadar tanaffus e`lon qilingan.

    Boshqa yangiliklar