AsosiyJinoyat
4378

BUXOROLIK YIGIT ONASINI PIChOQ BILAN JAROHATLADI

'BUXOROLIK YIGIT ONASINI PIChOQ BILAN JAROHATLADI'ning rasmi

Buxoro viloyatining Buxoro tumanidagi Yangiobod qishlog`ida istiqomat qiladigan Abdukarim Ashurov oiladagi maishiy kelishmovchilik ortidan 1979 yilda tug`ilgan, vaqtincha ishlamaydigan onasi Muxlisa Eshonovaga pichoq yordamida tan jarohati etkazgan.

Buxoro viloyati IIBning xabar berishicha, olib borilgan surishtiruv ishlari davomida Muxlisa Eshonovaga etkazilgan tan jarohati og`ir turga kirishi aytilgan.

Buxoro tumanidagi Sanoat kasb-hunar kollejining 3-bosqich talabasi Abdukarim Aminjonovichning oshxona pichog`i yordamida o`z onasiga tan jarohati etkazganining kelib chiqish sabablari, unga “sharoit va imkon yaratib bergan” omillar shu kunning o`zida ichki ishlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan keng jamoatchilik o`rtasida muhokama qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Abdukarim Ashurovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar