AsosiySport

«Olimpiakos» «Manchester Yunayted»ni mag`lubiyatga uchratdi(VIDEO)

Kecha Evropa Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o`rin olgan ikki uchrashuv bo`lib o`tdi.

Angliya chempionatida omadsizlikdan boshi chiqmayotgan  “Manchester Yunayted” jamoasi Gresiyaning “Olimpiakos” jamoasi mehmoni bo`ldi. Uchrashuvida “Qizil iblislar” 2:0 hisobida mag`lub bo`lishdi.

Devid Moyes shogirdlari butun uchrashuv davomida raqib darvozasi tomon yo`l topa olishmadi. Mezbonlardan esa gollarni 38- daqiqada Dominges va 55-daqiqada Kempbell kiritdi.


 
Olimpiakos Gresiya – Manchester Yunayted Angliya 2:0 (1:0,1:0) 
Gollar: 1:0 – 38 Dominges, 2:0 – 55 Kempbell. 



Ikkinchi uchrashuv esa Sankt-Peterburgda bo`lib o`tdi. Mahalliy “Zenit” klubi Germaniyaning “Dortmund” klubini qabul qildi. Uchrashuvda Borussiyalik futbolchilar yirik 2:4 hisobida g`alaba qozonishdi.  



Zenit Rossiya –Borussiya D Germaniya 2:4 (0:2, 2:2)
Gollar: 0:1– 4 Mxitaryan, 0:2 – 5 Roys, 1:2 – 57 Shatov, 1:3 – 61 Levandovski, 2:3 – 69,
penalti Xalk, 2:4 – 71 Levandovski.

    Boshqa yangiliklar