Poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida karate bo`yicha turli yosh toifasidagi sportchilar o`rtasida O`zbekiston kubogi musobaqalari boshlandi.
O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi tomonidan tashkil etilgan turnirda mamlakatimizning barcha hududidan kelgan 1000 nafardan ziyod sportchilar kata va kumite bahslarida qatnashmoqda.
Musobaqa 22 noyabrgacha davom etadi.






