FIFA referisi Ravshan Ermatov JCh-2018 o`yinlarini boshqarishi mumkin bo`lgan hakamlar ro`yxatidan o`rin egalladi.
Syurixda bo`lib o`tgan FIFA hakamlar qo`mitasining navbatdagi yig`ilishida JCh-2018 musobaqasida faoliyat yuritishi mumkin bo`lgan 25 nafar referilar saralab olindi.
Agar Ermatov JCh-2018 o`yinlarida ham ishlaydigan bo`lsa, o`z rekordni yangilashi mumkin. Hozirgacha aynan Ermatov mundiallarda eng ko`p uchrashuvni (9 uchrashuv) boshqargan hakam bo`lib turibdi.
FIFA tomonidan e`lon qilingan 25 nafar hakamlarning 9 nafar evropalik, besh nafari – Janubiy Amerikadan, to`rt nafari – Osiyo, uch nafari – KONKAKAF va yana bir nafar Okeaniya referilaridir.
Hozircha bu JCh-2018da ishlaydigan hakamlarning so`nggi ro`yxati sanalmaydi. Yakuniy ro`yxat 2018 yilning yanvarida e`lon qilinadi.






