1

Madad-shifo: “QON BOSIMI KESKIN TUShIB KETSA...”

Salomatlik 21.11.2017, 10:54
Madad-shifo: “QON BOSIMI KESKIN TUShIB KETSA...”

— Tez-tez boshim og`rib, ko`z oldim xiralashib ketadi. Hadeb tobim bo`lmayotgani sabab tibbiy ko`rikdan o`tsam, “qon bosimingiz past”, deyishdi. Uy sharoitida qon bosimini me`yorga keltirishning choralari bilan tanishtirsangiz?..

Gulsum Mamajonova, Toshkent viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Vegeto tomirli distoniya ko`proq yosh qiz-ayollarda uchraydi. Uning kelib chiqish sabablari turli omillarga bog`liq. Oddiy ko`ringan holat – o`z vaqtida dam olmaslik va noto`g`ri ovqatlanish ham arterial qon bosimining tushib ketish xavfini paydo qiladi. Uy sharoitida shirin choy, achchiq damlangan qahva, asal, meva qoqlari, sho`rroq taom va eguliklarga e`tibor bering. Kun tartibingizni qayta ko`rib chiqing. To`yib uxlashga odatlansangiz, qon bosimingiz me`yorlashadi.

Bundan tashqari, har kuni ertalab jismoniy mashqlarni bajarishga harakat qiling. Hech bo`lmaganda turgan joyingizda yuguring, o`tirib-turish mashg`uloti ham yaxshi samara beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1