1

10 000 AQSh DOLLARINI SOTAYoTGAN VALYuTAFURUSh JINOYaT USTIDA QO`LGA OLINDI

Jinoyat 21.11.2017, 15:30
10 000 AQSh DOLLARINI SOTAYoTGAN VALYuTAFURUSh JINOYaT USTIDA QO`LGA OLINDI

Respublikamizda xorijiy valyutalarnig erkin konvertasiyasi yo`lga qo`yilgan bo`lsa-da, ayrim fuqarolar hanuzgacha chet el valyutalarining noqonuniy savdosi bilan shug`ullanishga harakat qilayotganligi huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o`tkazilayotgan tezkor tadbirlar natijasida aniqlanmoqda.

Xususan, nazorat tartibida o`tkazilgan shunday tadbirlardan birida Urganch shahrida yashovchi, 1992 yilda tug`ilgan, S.M Bog`ot tumanida yashovchi, 1986 yilda tug`ilgan tanishi O.T bilan jinoiy til biriktirib, fuqaroga jami 6500 AQSh dollarini 53300000 so`mga sotayotganlarida qo`lga olindi. Ushbu noqonuniy valyutafurushlar ko`zdan kechirilganida, ular yana 200 AQSh dollari, 1300 Rossiya rubli, 27000 Qozog`iston tengesi va 1500000 so`m pullarni kelgusida noqonuniy ravishda o`tkazish maqsadida saqlab qo`yganliklari ma`lum bo`ldi.

Bundan tashqari, o`tkazilgan tezkor tadbir jarayonida Urganch shahrida yashovchi, 1966 yilda tug`ilgan J.D. uyi oldida 10000 AQSh dollarini 81000000 so`mga sotmoqchi bo`lganida ushlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, yuqoridagi valyuta qimmatliklari jinoyat ishi bo`yicha ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1