1

​O`ZBEKISTON-KOREYa: SOG`LIQNI SAQLASh TIZIMIDA YaNGI KELIShUVLARGA ERIShILDI

Siyosat 22.11.2017, 13:50
​O`ZBEKISTON-KOREYa: SOG`LIQNI SAQLASh TIZIMIDA YaNGI KELIShUVLARGA ERIShILDI

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi va Koreyaning etakchi tibbiyot muassasalari rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar bo`lib o`tdi.

Jumladan, «Gachon University Gil Medical Center in Incheon», «Myongji Hospital in Seoul», «Tibbiy etakchilar korporasiyasi», «Chonnam National University Hospital in Gwangju» va «Chung Hospital» rahbarlari bilan muzokaralar olib borildi.


Ishtirokchilar teletibbiyot, ikkitomonlama tajriba almashish, O`zbekistonda etakchi koreys mutaxassislari tomonidan mahorat darslari va seminarlar o`tkazish, o`zbek shifokorlarining Koreya Respublikasida malaka oshirish dasturi va u erda talabalarga ta`lim berish, shuningdek O`zbekistonda yuqori texnologiyali va zamonaviy shifoxonalar qurilishi bilan bog`liq masalalar keng muhokama qilindi.

Uchrashuvlar yakunida tomonlar O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi va Koreyadagi mazkur shifoxonalar o`rtasida tegishli kelishuvlar va o`zaro anglashuv memorandumlarini imzolash to`g`risida kelishib oldilar.

Koreyaning quyidagi etakchi tibbiyot maskanlari bilan kelishuvlarga erishildi va o`zaro tushunish memorandumi imzolandi:

- "Chung Hospital" shifoxonasi bilan birga O`zbekistonda tibbiy muassasa qurish bo`yicha;

- «Tibbiy etakchilar korporasiyasi» bilan ikki tomonlama tajriba almashish, O`zbekistonda koreyalik malakali mutaxassislar tomonidan mahorat darslari o`tkazish, o`zbek shifokorlarining Koreyada malakasini oshirish;

- Ikki tomonlama tajriba almashish va teletibbiyotni rivojlantirish maqsadida «Gachon University Gil Medical Center in Incheon» bilan;

- «Myongji Hospital in Seoul» va«Chonnam National University Hospital in Gwangju» bilan yana ikkita shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Shuningdek, Koreya Respublikasi Sog`liqni saqlash va ijtimoiy ishlar vaziri bilan muzokaralar bo`lib o`tdi.

Unda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari muhokama qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1