AsosiyDunyo

KOREYa RESPUBLIKASI: UMUMIY MA`LUMOT, RAQAMLAR

'KOREYa RESPUBLIKASI: UMUMIY MA`LUMOT, RAQAMLAR'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joriy yilning 22-25 noyabr kunlari Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifi bilan ushbu mamlakatda davlat tashrifini amalga oshirmoqda.

Tashrif doirasida tomonlar barcha sohalarda yuqori darajadagi muzokaralar o`tkazib, mamlakatlar o`rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga ko`tarish maqsadida bir qancha shartnoma va hujjatlarni imzolamoqdalar.

Prezidentimizning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida «Tonggi soflik mamlakati» - deb nomlanadigan ushbu mamlakat haqidagi qiziq ma`lumotlarni taklif qilamiz.

Umumiy raqamlar

Koreya Respublikasi Koreya yarimorolining janubiy qismida joylashgan. Hududi 100,28 ming kv. km. ni tashkil etadi. Bu ko`rsatkich bilan u dunyoda 107-o`rinda, Osiyoda esa 31-o`rinda turadi. Koreya Respublikasi 9 ta viloyat, markazga bo`ysunuvchi 8 ta shahar, hamda 12 million aholi yashaydigan poytaxt Seuldan tashkil topgan. Mamlakat aholisining soni 51,33 millionni tashkil etadi. 2016-yilgi ma`lumotlarga ko`ra, Koreya Respublikasi dunyodagi barcha davlatlar orasida bu ko`rsatkich bo`yicha 27-o`rinni egallaydi. Mamlakat aholisining 15,5 foizi buddizm, 19,7 protesantizm, 7,9 foizi katolik diniga mansub va aholining yarmidan ko`pi, ya`ni 56,9 foizi ateistdir. Rasmiy tili- koreys tili. 3-oktyabr kuni koreyslar o`zlarining eng asosiy bayrami – Koreya davlati tashkil topgan kunini (mil.avv. 2333 yilda tashkil etilgan Choson davlati) nishonlaydi.

Davlat tuzulmasi

Mamlakatning davlat tuzulmasi – Prezident rahbarlik qiladigan Respublika. U mamlakat rahbari va bosh qo`mondoni bo`lib, bevosita va yashirin ovoz berish yo`li bilan 5 yillik muddatga saylanadi. 2017 - yil may oyidan Mun Chje In Koreya Respublikasining Perzidenti etib saylangan.

Milliy Assambleya tomonidan boshqariladigan Qonunchilik hokimiyati – to`rt yil muddatga saylanadigan 300 nafar deputatdan iborat yagona parlamentdir. Ulardan 253 tasi bir mandatli okruglarda, 47 si esa siyosiy partiyalardan saylanadi. Oxirgi parlament saylovi 2016-yil aprel oyida bo`lib o`tdi. Milliy Assambleya ikki yillik muddatga bitta Spiker va 2 ta o`rinbosar saylaydi.

Boshqaruv tizimiga muvofiq, Prezident mamlakatning ichki va tashqi siyosatining asosiy yo`nalishlarini ishlab chiqadigan Vazirlar Mahkamasi orqali Ijro hokimiyati funksiyasini amalga oshiradi.

Prezident davlat siyosatining muhim masalalari bo`yicha chiqarilagan qarorlar uchun javobgar shaxsdir. Bosh vazir Milliy Assambleyaning ma`qullashidan so`ng Prezident tomonidan tayinlanadi. 2017-yil iyunidan boshlab Koreya Respublikasining Bosh-vaziri lavozimida Li Nak Yon faoliyat yuritib kelmoqda.

2016 yil yakunlariga ko`ra ijtimoiy-iqtisodiy ko`rsatkichlar

Yalpi ichki mahsulot hajmi 2,7% ga o`sdi (2015 y. – 2,6%), nominal hajmi 1,404 trln. AQSh dollarini tashkil etdi. Ushbu ko`rsatkich bo`yicha Koreya Respublikasi dunyoda 11- o`rinni egallaydi.

Aholining jon boshiga to`g`ri keladigan yalpi ichki mahsuloti - 27,6 ming dollar. YaIM tarkibida xizmat ko`rsatish sohasi - 66,2 foiz, sanoat - 27 foiz, qurilish - 4,7 foiz, qishloq xo`jaligi - 2,1 foizni tashkil etadi. Inflyasiya darajasi 1%, bu Koreya bankining belgilagan ”chegarasi” 2% ga nisbatan ancha past. Ishsizlik darajasi 3,7% (1,1 mln. kishi). Tashqi savdo hajmi - 901,2 milliard dollar, bunda eksport hajmi - 495,5 milliard, import - 405,7 milliard dollar.

Janubiy Koreyaning asosiy savdo hamkorlari:

Eksport bo`yicha – Xitoy (25%), AQSh (13,5%), Gonkong (6,6%), Vetnam (6,5%), Yaponiya (4,9%), Singapur 2,6%), Tayvan (2,5%), Hindiston (2,5%), Meksika (2,0%).

Import bo`yicha – Xitoy (11,5%), Avstraliya (3,7%), Vetnam (3,1%), Qatar (2,5%).

Import qilinadigan asosiy mahsulotlar: neft (9,9%), yarim o`tkazgichlar (6,8%), tabiiy gaz (3,3%), qayta ishlangan mahsulotlar (2,6%) va boshqalar.

Ishlab chiqariladigan mahsulotlar eksporti quyidagicha: yarim o`tkazgichlar (10,5%), avtomobillar (7,4%), kema qurilishi (5,2%), qayta ishlangan mahsulotlar (5,1%), mobil telefonlar (5,1%), 4%), ekranlar (3,2%) va boshqalar.

To`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiyalar hajmi asosan xizmatlar uchun investisiyalar hisobiga 21,3 milliard dollar (+ 1,9 foiz) ni tashkil etdi. EI (7,4 milliard), Xitoy (2,05 milliard), AQSh (3,9 milliard), Yaponiya (1,2 milliard).

Koreyaga jalb qilingan xorijiy investisiyalar hajmi 35,2 milliard dollarni tashkil etadi.

2017 yilda Koreya iqtisodiyotida makroiqtisodiy ko`rsatkichlarning yaxshilanishi kuzitildi. Bu eksportning barqaror o`sishi va ichki iste`molning oshishi hisobidan yuz berdi.

Prognozlarga ko`ra, 2014 yildan boshlab birinchi marta 2017 yilda tashqi savdo aylanmasi 1 trln. AQSh dollariga etadi.

Bundan tashqari, Koreya kema qurilishi sohasida buyurtmalar bo`yicha dunyoda birinchi o`rinni egalladi va Xitoydan o`zib, bu sohada jahon miqyosida etakchi o`rinni egalladi (dunyo bozorining 34%).

Ekspertlar kelajakda 2017 yilda o`sishning optimistik prognozlarini YaIM 3 foizga ortishi mumkin.

Moliyaviy ahvol ancha barqaror bo`lib qolmoqda. 2017 yil noyabr holatiga ko`ra mamlakatning valyuta zahiralari 384,4 milliard dollarni tashkil qildi (dunyoda 9 o`rin).

2017 yilda yarim o`tkazgich, mashinasozlik, neftkimyosi, neft mahsulotlari va po`lat sanoati sohalarida ijobiy istiqbol mavjud. Shunday qilib, yarim o`tkazgichlar eksportidan kutilayotgan o`sish ko`rsatkichi 30 foizdan oshadi.

Mun Chje In hukumati birinchi navbatda aholining daromadlarini ko`paytirish va jamiyatning tabaqalanish darajasini pasaytiradigan ish joylarini ko`paytirishga e`tibor qaratdi. Bu o`z navbatida, iste`molning ortishi, biznesga investisiyalarni ko`paytirish va iqtisodiy o`sishga olib keladi.

Hukumat quyidagilarni rejalashtiradi:

- 810 ming ish o`rni yaratish. Dastlab ishga joylashish muammosi davlat sektori hisobidan hal qilinadi;

- turli ijtimoiy paketlar orqali aholi daromadlarini oshirish. Uy xo`jaliklari qarzlarini kamaytirishga alohida e`tibor qaratiladi;

- kichik va o`rta biznesni qo`llab-quvvatlash. Kichik va o`rta biznes va startaplar vazirligi tashkil etildi. 2018 yildan boshlab tadbirkorlikni tiklash jamg`armasi yosh va bankrot bo`lgan korxonalarni qo`llab-quvvatlash orqali tadbirkorlikni rag`batlantirish uchun ishlay boshlaydi;

- «to`rtinchi sanoat inqilob» ga tayyorgarlik. Eksport va umuman iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish uchun shart-sharoit yaratish uchun istiqbolli tarmoqlarni (Internet, sun`iy aql, qayta tiklanadigan energiya manbalari va boshqalar) faol ravishda qo`llab-quvvatlash rejalashtirilgan;

Tahlilchilarning aytishicha, mavjud ma`muriyat etarlicha resurslar mavjudligi uchun «amaliy vazifalar» ni o`z oldiga qo`ymoqda. Xususan, Koreya Respublikasi iqtisodiyotining eksport saldosi, oltin-valyuta zaxiralari yuqori darajasi va barqaror moliyaviy muhit kabi asosiy ko`rsatkichlari juda yuqori baholanmoqda.

    Boshqa yangiliklar