1

Madad-shifo: ANJIRNING ORGANIZMGA FOYDALI XUSUSIYaTLARI

Salomatlik 23.11.2017, 12:02
Madad-shifo: ANJIRNING ORGANIZMGA FOYDALI XUSUSIYaTLARI

Anjirni barcha birdek sevib iste`mol qiladi. Mazkur meva nafaqat mazali egulik, balki bir nechta xastaliklarga ham davo. Quyidagi ma`lumotlarni o`qib, uning foydasi haqida bilib olishingiz mumkin.

  • Anjir boshqa har qanday meva yoki sabzovotga nisbatan ko`proq tolaga ega. Bir dona quritilgan anjirda ikki gramm (0,07 unsiya) tola mavjud: bu tavsiya etiladigan kunlik iste`molning 20 foizini tashkil etadi. So`nggi o`n besh yil ichida olib borilgan tadqiqotlar o`simlik mevalaridagi tolalar hazm qilish sistemasining muntazam ishlashi uchun juda muhim ekanligini aniqladi.
  • Ma`lumki, oziq-ovqatlardagi tolalar hazm qilishga yordam beradi hamda saraton kasalligining ayrim shakllari xavfini ham kamaytiradi. Parhezshunoslar tolaga boy bo`lgan anjir eyishni ko`proq tola iste`mol qilishning ideal usulidir, deb hisoblashadi.
  • Kaliforniya maslahat Kengashining fikriga ko`ra, meva va sabzavotlardagi antioksidlovchilar qator kasalliklardan himoya qilar ekan. Antioksidlovchilar tanada sodir bo`ladigan kimyoviy reaksiyalar natijasida yuzaga keladigan yoki tashqaridan orttirilgan zararli moddalar (erkin radikallar) ta`sirini yo`qotadi va shu tariqa hujayralar buzilishining oldini oladi.
  • Boshqa mevalarga qaraganda antioksidlovchilarga boy bo`lgan quritilgan anjirda fenolli tarkibning miqdori ancha ko`p uchraydi. Fenol zararli mikroorganizmlarni o`ldirish uchun antiseptika sifatida ishlatiladi.
  • Quritilgan anjirda mavjud omega-3, omega-6 va fitosterol kabi muhim yog` kislotalari xolesterinni kamaytirishda muhim rol o`ynashi mumkinligini aniqladi. Ma`lumki, omega-3 va omega-6 tanada ishlab chiqilmaydi, ular oziq-ovqatlardan so`rilishi mumkin.
  • Bundan tashqari, bu yog` kislotalar yurak, miya va asab sistemasining yaxshi faoliyat ko`rsatishi uchun juda zarur. Fitosterol hayvon mahsulotlaridagi xolesterinni (bu yurak arteriyalarini qattiqlashtiruvchi ta`sirga ega) qon oqimiga kirgizmasdan tanadan haydalishiga hissa qo`shadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1