28.02.2014 14:40
Sherali Jo`raev Rog`un GESi haqida kuyladi
O`zbekiston Xalq shoiri Iqbol Mirzo so`zi bilan yozilgan mazkur qo`shiq ayni paytda Amudaryo va Sirdaryoning yuqori oqimlarida qurilayotgan yirik gidroinshootlarning mintaqamizga etkazishi mumkin bo`lgan zarariga bag`ishlanadi.
Ma`lumki, so`nggi bir necha yil davomida transchegaraviy daryolardan xalqaro qonun hujjatlari talablari asosida foydalanish xalqaro jamoatchilikning e`tiborini tortib kelayotir. Jumladan, Tojikiston hukumati tomonidan Amudaryoning yuqori qismida quvvati 3600 MVtga teng Rog`un , Qirg`izistonda esa, Sirdaryoning yuqori kaskadida Qambarota GESlari xalqaro hamjamiyatning fikr-mulohazalarini e`tiborga olmagan holda bunyod etilayotgani achinarlidir.
Mazkur qo`shiq, qaysarona xatti-harakatlariga munosabat tarzida yozilgan.
San`atkorning ushbu qo`shig`i va uning matnini tez orada saytimiz orqali e`tiboringizga havola etish niyatidamiz.