1

Internetdagi yolg`on xabarlarni aniqlovchi dastur kashf qilindi

Hi-tech 28.02.2014, 18:26
Internetdagi yolg`on xabarlarni aniqlovchi dastur kashf qilindi
Britaniyada yangi Pheme deb nomlanuvchi yolg`onni aniqlovchi detektor kashf qilindi.

Bu kompyuter dasturi internetda chop etilgan xabarni yolg`on yoki rost ekanini aniqlaydi. Tahlil uchun unga matndan kichik parcha -140 belgi ham kifoya.  Dastur asoschilarining aytishicha, dastur birinchi o`rinda ijtimoiy tarmoqdagi yolg`on xabarlarni aniqashda polisiya xodimlariga katta yordami tegadi.

Bu yangi detektor 140 ta harfning o`zidayoq xabar rost yoki yolg`on ekanligini aniqlaydi. 

Xulosaga kelishdan avval dastur soniyalar ichida xabar muallifini aniqlaydi va uning boshqa postlariga nisbatan baho beradi. Agarda profil bir kuni avval ochilgan bo`lsa, u holda xabarga asossiz bo`lishi mumkin. 

Shuningdek, agar xabar boshqa manbalarda ham chop etilgan bo`lsa, dastur bu haqida  ma`lumot  beradi.

Ushbu dastur bir yarim yildan keyingina to`laqolnli ishlashi mumkin. Dastur kashfiyoti 3,5 million funt sterlingga tushadi. Mablag`ni esa Evropa ittifoqi ajratishi haqida xabar berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1