1

​ChILONZOR TUMANIDA 16 NAFAR FOHIShALIK BILAN ShUG`ULLANUVChI AYoLLAR QO`LGA OLINDI

Jinoyat 27.11.2017, 10:59
​ChILONZOR TUMANIDA 16 NAFAR FOHIShALIK BILAN ShUG`ULLANUVChI AYoLLAR QO`LGA OLINDI

2017 yilning 25 noyabr kuni soat 23:30 da, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Chilonzor tumani hududida o`tkazilgan «Tozalash-antiterror» tadbiri davomida, «JAGUAR», «SHABNAM» va «DON» kafelarida jami 45 nafar fuqarolar shaxsini aniqlash maqsadida tuman Ichki ishlar boshqarmasiga olib borilib tekshirildi.

Tekshiruv davomida, mazkur shaxslardan 16 nafari fohishalik bilan shug`ullanuvchi ayollar ekanligi aniqlanib, ularga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalariga asosan bayonnomalar rasmiylashtirildi va IIBB Reablitasiya Markaziga topshirildi.

Shuningdek, 5 nafar fuqarolar «JAGUAR» kafesi oldida spirtli ichimlik iste`mol qilgan holda jamoat tartibini qo`pol ravishda buzib, o`zaro janjallashib turgan vaqtlarida, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan ushbu shaxslarning harakatlariga chek qo`yilib, ularga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalariga asosan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1