AsosiyJamiyat

Fransiyadagi nufuzli universitet Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirdi

Fransiyadagi Tuluza 1 Kapitoliy Universiteti va Toshkent davlat yuridik universiteti o`rtasida hamkorlik to`g`risidagi kelishuv imzolanadi.

Tuluza 1 Kapitoliy Universiteti Vise-prezidenti Silven Perudzetto 26-28 fevral kunlari O`zbekistonga tashrif buyurdi, deya xabar beradi Gazeta.uz nashri.

Fransiyaning Toshkentdagi elchixonasi taklifi bilan amalga oshirilgan tashrifdan maqsad Toshkent davlat yuridik instituti bilan hamkorlikni rivojlantirish bo`ldi. Bu haqda fransiya elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar talaba va o`qituvchilar bilan almashish, hamkorlikda loyihalar amalga oshirish va evropa loyihalarida ishtirok etishni maqsad qilib oldilar.

Yaqin orada hamkorlik to`g`risida memorandum imzolash ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar