“KITOBDAGI MA`LUMOTLAR YoSh TADQIQOTChILARGA JUDAYaM KERAKLI MANBA BO`LIB XIZMAT QILADI”

Madaniyat 28.11.2017, 16:13
“KITOBDAGI MA`LUMOTLAR YoSh TADQIQOTChILARGA JUDAYaM KERAKLI MANBA BO`LIB XIZMAT QILADI”

Bugun 28 noyabr kuni Toshkentda O`EOAVMAning “Media hall”ida o`z ishini boshlagan “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumida ishtirok etgan O`zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori Jannat Ismoilova mazkur loyiha bo`yicha o`z fikrini bildirdi:

Bugun juda ham keng ko`lamli va beqiyos ahamiyatga ega tadbir o`z ishini boshladi. Unda ishtirok etayotganimizdan mamnunmiz. Mazkur media forum o`zbek xalqi uchun katta bayram, desam ham mubolag`a bo`lmaydi. Boisi dunyoning turli burchaklarida saqlanayotgan O`zbekiston madaniy merosi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo`ldik. Ushbu loyiha juda ham qiyin, murakkab jarayonlardan o`tgani shubhasiz. Turli davlatlardagi muzey va kutubxonalarda izlanishlarni olib borish oson ish emas, albatta. Ko`plab sharqshunos olimlar, mutaxassislar “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumigacha bo`lgan davrda ter to`kishgan. Bugun O`zbekiston madaniy merosi bo`yicha olib borilayotgan loyihada kitoblar taqdimoti bo`ldi. Va qator tashkilotlar, jumladan O`zbekiston tarixi davlat muzeyiga ham sertifikat topshirildi. Bunga ko`ra endi muzeyimiz o`n jildlik kitobdan foydalana olish imkoni tug`ildi. Kitobda jamlangan ma`lumotlar bugungi kunda ilmiy ish olib borayotgan yosh ilmiy xodimlarga judayam kerakli manba bo`lib xizmat qiladi. Yosh avlod ajdodlari tomonidan qoldirilgan boy madaniy-ma`naviy merosimizni dunyoning qaysi burchagida saqlanayotgani va unga qanday munosabatda bo`layotganliklari, biz bu boyliklarni qanday asrashimiz kerak ekani haqidagi fikrlarni shakllantiradi. Shu bilan birga ajdodlarimiz yaratgan madaniy-ma`naviy merosga mehr qo`yish, hurmat qilishga turtki bo`ladi. Va eng asosiysi ertamiz kelajagi bo`lgan yoshlar shunday buyuk insonlarga munosib avlod bo`lishga intilishadi.

Biz — muzey xodimlari loyihaning tashkilotchi va tashabbuskorlariga chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz. Media forum tashkilotchilarining bu ezgu ishlari davomiy bo`lishiga tilakdoshmiz.

Sadoqat ALLABERGANOVA. Fotomuxbir: Omil HAKIMOV

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1