1

“Havas” oilaviy guruhi sog`lom bolalar bayramini uyushtirdi

Jamiyat 05.03.2014, 14:51
“Havas” oilaviy guruhi sog`lom bolalar bayramini uyushtirdi

2014 yil yurtboshimiz tomonidan “Sog`lom bola yili” deb e`lon qilinganligi bolajonlarimizni  yanada aqlan, jismonan va g`oyaviy etuk insonlar bulib voyaga etishlariga ulkan zaminlar yaratmoqda.

Bu ishda O`zbekistonimizning har bir oilasi munosib ulush qo`shmoqda. Shunday oilalardan biri 2012 yil “Eng namunali yosh oila” ko`rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichida fahrli I-o`rinni olgan Ermatovlar oilasidir. Ular joriy yilning 21 fevralida Toshkent shahar Shayxontohur tumani xokimligi, O`zbekiston davlat konservatoriyasi bilan hamkorlikda uch qismdan iborat “Sog`lom bolalar bayrami” deb nomlangan katta konsert dasturini muhlislar e`tiboriga havola etishdi.

Jumladan, tadbirni birinchi qismi “Nihol ilhomlari” deb nomlanib dasturda Ermatovlar oilasining to`ng`ich farzandi bir necha Xalkaro va Respublika pianinochilar ko`rik-tanlovlarining g`olibi, 2012 yil Fransiyadan o`tkazilgan pianinochilar ko`rik-tanlovining fahrli I-o`rin sohibi, eng quvonarlisi 2013 yilda muhtaram yurtboshimiz tomonidan ta`sis etilgan "Nihol" davlat mukofoti sovrindori Qahramon G`ulomjonov hamda uning ukasi ckripka buyicha bir necha Xalkaro ko`rik-tanlovlar g`olibi, jumladan, 2012 yil skripka bo`yicha Fransiyada o`tkazilgan Xalqaro ko`rik-tanlov I-o`rin sohibi, Glier nomidagi Rspublika ihtisoslashtirilgan musiqa akademik liseyining 5-sinf o`quvchisi Dostonbek G`ulomjonovlar O`zbekiston davlat konservatoriyasi simfonik orkestr jo`rligida jahon klassik kuylaridan ijro etishdi.

Ikkinchi qismda oilaning yana bir a`zosi Respublika rassomlik kolleji Tarixiy liboslar bo`limi 2-bosqich o`quvchisi Shahnozaxon G`ulomjonova “40 libos nafosati” deb nomlangan ilk shaxsiy rangtasvir ko`rgazmasini namoyish etdi. Ko`rgazmada tarixiy liboslarga zamonaviylikni uyg`unlashtirilgani va har bir ijod namunasida Shahnoza o`z qiyofasini aks ettirganligini ko`rish mumkin.

Uchinchi qismda esa estrada qo`shiqlari jarang sochdi. Shuni alohida ta`kidlash joizki, yangragan qo`shiqlarning aksaryati Qahramonning ijod mahsulidir. U O`zbekiston Davlat konservatoriyasiga imtiyozli o`qishga qabul qilingan va hozirda "Bastakorlik" yunalishida ustozi Oydin Abdullaeva qo`lida 2-bosqichda tahsil oladi. Konsertda “Havas” guruhining barcha oila a`zolari, jumladan, o`zining shirin ovozi bilan besh yoshli oilaning eng kenjasi Robiyaxon G`ulomjonova, sahna liboslari dizayneri va pardozchi sifatida guruh a`zolarining onasi oliy ma`lumotli pedagog-ruhshunos Matlubaxon Ermatova, guruh a`zolarining otasi rassom, San`atshunoslik fanlari nomzodi Rustamjon Ermatov esa qo`shiqlarning she`r muallifi, yoshlarni o`qishga, kasb-hunar o`rganishga, odob-ahloq va jonajon Vatanimizga munosib yoshlar bo`lishga chin ma`noda chorlay oldi desak mubolag`a bo`lmaydi. Ayniqsa konsert yakunida ijro etilgan “Sog`lom bolalar” qo`shig`i tadbirga chinakam bayram shukuhini olib kirdi.

Tadbir davomida Toshkent shahar Shayhontohur tumanidagi barcha o`quv muassasalaridan, Chilonzor tumanidagi 22-mehribonlik uyidan tashrif buyurgan yoshlar bugungi kun tarbiyasida san`atning naqadar o`rni yuksak darajada ekanligini anglash bilan bir qatorda maroqli hordiq chiqardilar.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1