AsosiyDunyo

PUTIN GALINA MELNIKOVANI MUKOFOTLADI

'PUTIN GALINA MELNIKOVANI MUKOFOTLADI'ning rasmi

O`zbekiston televideniesining taniqli suxandoni Galina Melnikova va boshqa xorijiy fuqarolar Rossiyaning Do`stlik Ordeni bilan mukofotlandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin tegishli farmonni imzolagan.

Hujjatga ko`ra, yuqori unvon xalqlar o`rtasida do`stlik va hamkorlikni mustahkamlash, xalqlar va millatlar madaniyatini yaqinlashtirish hamda o`zaro boyitish bo`yicha sermahsul faoliyat uchun berildi.

O`zbekistondagi “Mehrjon” xayriya jamg`armasi vasiylik kengashi a`zosi Galina Melnikova bilan bir qatorda, Britaniyaning “Chik bay Jrud” teatri direktori Donnellan Deklan, Fransiyaning Kursi shahri hokimi Martin Jolli, Italiyaning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Chezare Mariya Ragalini hamda boshqalar Do`stlik Ordeni bilan mukofotlandi.

    Boshqa yangiliklar