1

YuZ YILLIK MILLIY OHANGLAR YaNGRAGAN OQShOM

Madaniyat 29.11.2017, 08:44
YuZ YILLIK MILLIY OHANGLAR YaNGRAGAN OQShOM

28 noyabr kuni “O`zbekiston madaniy merosi” media-forumi doirasida milliy musiqa oqshomi o`tkazildi. Unda san`at ustalari o`zbek folklori namunalaridan ijro etishdi. Bundan tashqari tadbir ishtirokchilari YuNESKOning og`zaki va nomoddiy madaniy merosi durdonalari ro`yxatiga kiritilgan milliy o`zbek mumtoz maqomlari namunalaridan ham bahramand bo`lishdi.

Kechada “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” turkumining “O`zbekiston musiqiy merosi Rossiya to`plamlarida” deb nomlangan yangi VI jildi videorolik bilan birga taqdim etildi.

Rossiya Fanlar akademiyasining Sankt-Peterburg shahridagi Rus adabiyoti instituti (Pushkin uyi) fondlarida saqlanayotgan noyob arxiv audioyozuvlari bu kechada ilk bor eshittirildi. Bu ohanglar o`tgan asrning 20-yillarida ilk bor rossiyalik mutaxassislar tomonidan fonograf qurilmasi yordamida yozib olingan. Ushbu kolleksiya qarib yuz yildan beri Rossiyada saqlanadi. Ayni paytda bu yozuvlarning barchasi o`rganilib, raqamli formatga o`tkazilgan. Oqshomda ushbu kolleksiyaning videotalqini ham havola etildi. Oqshom fotojamlanmasi ham tez orada e`tiboringizga havola etiladi.

Dilfuza Sobirova

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1