Shu kunlarda 1800 yil avval Avreliy Polion ismli misrlik askar tomonidan yozilgan xat rasshifrovka qilindi. U Evropada Rim legionlari uchun o`z istagi bilan xizmat qilgan.
Xat asosan grek tilida yozilgan. U oilasiga ulardan xat olishdan umidini uzganini, yaqin kunlarda oilasini ko`rish uchun uzoq yo`lga chiqishga o`z komandiridan ruxsat so`rashini yozgan.
“Men sizlarni tun-u-kun sog` omon bo`lishinglarni so`rayman, sizlarning nomingizdan barcha xudolarga sig`inaman. Sizlarga xat yozishdan to`xtamayman, ammo sizlar meni eslay olmayapsiz”, - deydi askar oilasiga yozgan xatida.





