G`arb matbuoti shov-shuvli xabar tarqatdi. Ma`lum bo`lishicha, Maykl Jeksonning to`rtinchi farzandi topilgan.
The Daily Mail nashrining xabar qilishicha, 31 yoshli Brendon Govard iltimosi bilan olingan DNK natijalari jurnalistlar qo`liga borib tushgan. O`tkazilgan test natijalari pop qiroli hamda Govardning DNK natijalari 99 foizga mos ekanligini ko`rsatgan.
Test aynan qaysi laboratoriyada o`tkazilgani haqida ma`lumot berilmagan. Ammo, yigitning Maykl Jeksonga o`xshashi qayd qilinmoqda.
Brendon Govardning onasi Miki Govard o`tmishda Billi tahallusi bilan mashhur bo`lgan. Miki hamda Jekson yaqin tanishlar bo`lishgan. 1983 yilda esa Maykl Jekson "Billie Jean" nomli qo`shiq yozgan. Qo`shiq matnida "Billie Jean mening sevgilim emas" va "uning bolasi mening farzandim emas" degan satrlar bo`lgan.
Aktrisaning o`zi hali ushbu mavzu yuzasidan hech qanday izoh bermadi.
Eslatib o`tamiz, pop musiqa qiroli Maykl Jekson 2009 yil 25 iyun kuni 50 yoshida vafot etgan.