AsosiyShou-biznes

Oq otli shahzodasini kutayotgan 8 sanam

Mazkur sahifa orqali tez orada oila qurishni rejalashtirayotgan, tasavvuridagi oq otli shahzodasini kutayotgan san`atkor qizlarimizning “TOP-8”ligini tuzdik...

1. “Nihol” mukofoti sovrindori Manzura mazkur reytingimizda birinchilikni egallab turibdi...

Manzura Yo`ldosheva:

  • 1978 yilning 21 fevralida tavallud topgan.
  • Professional ijodga 17 yoshida qadam qo`ygan Manzura bugun shou-biznesda o`z tengqurlari orasida bir necha yildan buyon mavqeini bir maromda ushlab kelayotgan san`atkorlardan. Xonanda o`z oilasini ta`minlay oladigan, mard erkaklarni hurmat qiladi.

2. Filmlarda kamnamo bo`lsa-da, o`z muxlislariga ega bo`lgan aktrisa Sitora Farmonova reytingimizning ikkinchi o`rinida...  

Sitora Farmonova:

  • 1984 yilning 20 avgustida tug`ilgan.
  • Aktrisa bugunga qadar 20 ga yaqin film va seriallarda katta-kichik rollari bilan tanilgan. Sitoraning bergan ma`lumotlarga qaraganda, u shu yilning yoz oylarida turmush qurishni rejalashtiryapti. Kuyovning “Sizning hamma injiqliklaringizga roziman”, deyishi men uchun katta sovg`a”, deydi aktrisa.

3. 2012 yilning eng shov-shuvli aktrisasi bo`lgan Oydin Yusupovaga uchinchi o`rin nasib etdi...

Oydin Yusupova:

  • 1984 yilning 13 noyabrida dunyoga kelgan.
  • Oydin doim turmushga chiqishni rejalashtirayotganini aytadi. Ammo uning visol oqshomi qachon ekani hozircha ma`lum emas.

4. Navbat Munisa Rizaevaga...

  • 1986 yilning 21 oktyabrida tavallud topgan.
  • Rizaevaga mashhurlik boshqa san`atkorlarga qaraganda kech nasib etgan bo`lsa-da, u oila qurishni juda-a-a uzoqqa cho`zish niyatida emas. Xonanda joriy yilda turmush qurishni rejalashtiryapti, kuyov san`at olamidan. Ammo uning kimligi hozircha sir tutilmoqda.

5. Navbatdagi o`rin ijodkorlar oilasining davomchisi xonanda Oyxon Iforzodaga nasib etdi...

Oyxon Iforzoda:

  • 1989 yilning 23 martida tug`ilgan.
  • Aktrisaning aytishicha, turmush qurishni avvaldan rejalashtirishning foydasi yo`q. Ammo taqdirdan qochib bo`lmaydi, degan fikrda. Oyxon bayram uchun qimmatbaxo sovg`a so`raydiganlardan emas. Kichik bo`lsa-da, sovg`angiz uni lol qoldiradi!

6. “Nihol” mukofoti sovrindori Dilso`z ham ushbu ro`yhatimizdan chetda qolmay 6 o`rinni egalladi...

Dilso`z, (Go`zal Jumaniyozova):

  • 1989 yilning 8 mayida tug`ilgan.
  • Erkaklardagi hushmuomalalik, mardlikni qadrlaydigan Dilso`z turmush qurish borasida hali aniq qarorga kelmaganini ma`lum qildi. Ammo to`y kelasi yildan qolmasligi aniq ekan.

7. Umidaxon Xojieva:

  • 1990 yilning 2 martida tavallud topgan.
  • Kuni kecha 24 bahorini qarshilagan Umidaxonni hali-hanuz bolalik tark etmagan. “Xonandaning fotixasi bo`libdi”, degan gap tarqagandi. Umidaxon buni rad etib, bu yilgi rejasida turmush qurishga o`rin yo`qligini ma`lum qildi.

8. Yigitlar ta`rifi bilan aytganda “yoqimtoy qiz” deya nom olgan aktrisa Shahzoda Muhammedova ushbu reytingning oxirgi o`rinida...

Shahzoda Muhammedova:

  • 1991 yilning 15 aprelida tug`ilgan.
  • Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan aktrisa ayni kunda dizaynerlik bilan ham shug`ullanadi. Shahzoda 8 mart bayramiga mashinasining o`rindiqlari uchun noodatiy g`ilof sovg`a qilishlarini kutayotganini ma`lum qildi. Darvoqe, aktrisaning aytishicha, u hali-beri turmush qurmoqchi emas.

Qamariddin ShAYXOV tayyorladi

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar