AsosiyShou-biznes

“PROLOGUE – 2017” FESTIVALINING “QIZIL YO`LAKChA”SI HAMDA YoPILISh MAROSIMIDAN FOTOREPORTAJ

'“PROLOGUE – 2017” FESTIVALINING “QIZIL YO`LAKChA”SI HAMDA YoPILISh MAROSIMIDAN FOTOREPORTAJ 'ning rasmi

O`zbekiston yoshlar ittifoqi, “O`zbekkino” MA, Yosh kinoijodkorlar kengashi hamda Kinemotografiyani rivojlantirish markazi tomonidan o`tkazilayotgan III Respublika “PROlogue – 2017” kinofestivalining eng kutilgan voqeasi –“qizil yo`lakcha” hamda yopilish marosimlari bo`lib o`tdi.


30 noyabr kuni Yoshlar ijod saroyida “PROlogue – 2017” festivalining “qizil yo`lakcha” marosimi tashkil qilinib, unda o`zbek kino olamining hamda shou-biznesining eng ko`zga ko`ringan vakillari mehmon bo`lishdi.


Qizil yo`lakchagacha Mercedes – Benz mashinalarda kelgan mashhurlar, birma-bir qizil yo`lakchadan tantanavor musiqa sadolari bilan marosimning asosiy qismi bo`lib o`tadigan sahnaga yo`l olishdi.


Rixsitilla Abdullaev hamda Rayhon Ulasenova boshlovchilik qilishdi.


Ketma-ket qizil yo`lakchada O`zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullaeva, xonandalar Shahzoda, Nilufar Usmonova, Dineyra, Shahriyor, O`zbekiston xalq artistlari Rixsi Ibrohimova, Gavhar Zokirova, aktrisalar Saida Rametova, Fotima Rejametova, Dilorom Egamberdieva, Dilnoza Kubaeva, Asal Shodieva, Nigina Anarboeva, Nigora Karimboeva, Shahzoda Matchonova Muqaddas Sa`dullaeva, Feruza Sobitova, Xurshida Arabshoevalar o`tib turishdi.


Aktyorlardan esa Karim Mirxodiev, Jumadulla Rametov, Fotih Jalolov, Farhod Abdullaev, Aziz Rametov, Alisher Uzoqov, Farhod Mahmudov, Alisher Usmonovlar, rejissyorlardan Ali Hamroev, Elyor Ishmuhammedov, Odelsho Agishev, Yusuf Roziqov, Rustam Sagdiev, Muhlisa Azizovalar birma-bir qizil yo`lakchadan o`tishdi.

Har yilgidan o`zgacha, katta tayyorgarlik bilan o`tgan “PROlogue – 2017” “qizil yo`lakcha” marosimidan so`ng, yopilish marosimi boshlandi.


Marosimda Dilnoza Kubaeva, Behzod Muhammadkarimov, Ra`no Shodieva hamda Akbarxo`ja Rasulovlar boshlovchilik qilishdi.


Yopilish marosimida O`zbekiston xalq artisti Murod Rajabov hamda aktrisa Dilnoza Kubaevaning “Bor-bor dema” deb nomlangan qo`shiqni birgalikda kuylagani ko`pchilik uchun kutilmagan chiqish bo`ldi.


O`zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullaeva hamda aktrisa Dilorom Egamberdievaning “Baxt o`zi nimadir” taronasini duet tariqasida kuylagani davomli qarsaklarga sabab bo`ldi.

“PROLogue – 2017” da “Eng yaxshi ssenariy” Maftuna Alloqulovaga “Xorazm jonginam” filmi uchun nasib etdi.

“Eng yaxshi operatorlik ishi” nominasiyasida “Limuzin” filmi uchun Baxtiyor Ataboev taqdirlandi.

“Eng yaxshi erkak roli uchun” uchun mukofot Fotih Nasimovga “Ustunsiz uy” filmidagi roli uchun nasib etgan bo`lsa, “Eng yaxshi ayol roli”ga “Dilemma” filmidagi ijrosi uchun Oyparcha Abdullaeva loyiq topildi.

“Eng yaxshi rejissyor” nominasiyasida “Akvarium” filmi uchun Hasan Alijonov g`olib deb topildi.

Festivalga kelib tushgan filmlarning eng yaxshisi deb Muxlisa Azizovaning ettita xalqaro kinofestivalda namoyish qilingan “U” filmi topildi, hamda bosh sovrin bilan taqdirlandi.

Pitching tanlovida o`z loyihalari bilan ishtirok etgan yoshlar orasidan esa Sherzod Musaevning “O`gay” va Muhammad Yusupovning “Oq-qora spektakl” loyihalari g`olib deb topildi.

Shuningdek, marosimda taniqli ustoz san`atkorlar Ali Hamroev, Elyor Ishmuhammedov, Odelsho Agishev, Yusuf Roziqov, Damir Salimovga “O`zbek kinosi rivojiga qo`shgan hissasi uchun” mukofoti topshirildi.

    Boshqa yangiliklar