Rossiyaning Birinchi telekanali yangi “Golos. Deti” loyihasini boshladi. Ushbu loyihada 7 dan 14 yoshgacha bo`lgan bolalar qatnashadi.
Loyihaning O`zbekiston uchun ahmiyatli tomoni shundaki, unda hamyurtimiz 11 yoshli Shuhrat Turdixo`jaev qatnashmoqda, deya xabar Uzdaily nashri. U o`z chiqishida IOWA guruhining “Prostaya pesnya” qo`shig`ini ijro etdi.
Ijrodan so`ng uning nomzodiga Dima Bilan hamda Maksim Fadeev da`vogarlik qildi. Shuhrat esa Maksim Fedeev jamoasini tanladi.
Eslatib o`tamiz, Shuhrat Turdixo`jaev 2012 yili Vitbeskdagi “Slavyan bozori” xalqaro san`at festivalida g`olib bo`lgan.





