AQSh senatorlari respublikachilar Mark Kerk hamda Den Kouts FIFA prezidenti Zep Blatterdan Rossiyaning tashkilotga a`zoligini to`xtatishni talab qilishdi.
Ular Blatterga Rossiyaning Xalqaro futbol federasiyasidan chiqarib yuborishni so`rab xat yozishdi.
Shuningdek, ular Rossiyani 2018 yilga rejalashtirilgan futbol bo`yicha jahon chempionatini o`tkazishdan hamda Rossiya terma jamoasini joriy yili Braziliyada o`tkazigan mundialdan mahrum qilishni talkif qilishdi.
"Biz sizlardan Rossiyaning FIFAga a`zoligini to`xtatish masalasini ko`rib chiqishingizni so`raymiz",-deyiladi xatda.
Amerikaliklar Yugoslaviyani esga olishdi, o`shanda mamlakat hududida harbiy harakatlar bo`lganligi sababli Yugoslaviya terma jamoasi 1992 yilgi Evropa hamda 1994 yilgi jahon chempionatlarida qatnashishlariga ruhsat berilmagan.





