AsosiySUG'DIYONA
4980

KIChKINTOYINGIZ HOLSIZMI? EHTIMOL UNGA V GURUH VITAMINLARI ETIShMAYoTGANDIR

'KIChKINTOYINGIZ HOLSIZMI? EHTIMOL UNGA V GURUH VITAMINLARI ETIShMAYoTGANDIR'ning rasmi

Nazaringizda, kichkintoyingizning immuniteti susaygan, so`nggi vaqtlarda og`iz bo`shlig`ida stomatit tez-tez takrorlanayapti, holsiz... Ehtimol unga V guruh vitaminlari etishmayotgandir...

Foydasi: V3 vitamini kaloriyaga boy mahsulotlardan toza quvvat manbaini hosil qiladi, oqsil va yog` moddalari sintezi ishtirokchisi. V6 vitamini gemoglobin sintezida qatnashib, asab tizimi faolligini ta`minlaydi va antitelalar hosil bo`lishini tezlashtiradi. V9 vitamini nuklien kislotasini hosil qilib, eritrositlar yuzaga kelishini ta`minlaydi.

Kunlik miqdori: V3 vitamini — yoshga to`lmagan bolalar uchun 5 mg, 1-3 yoshgacha 6-9 mg, 4-7 yoshda 12-17 mg va 12 yoshdan kattalar uchun 20 mg.

V6 vitamini — yoshga to`lmagan bolalarda 0,3 mg, 1-3 yoshlarda 0,6-1 mg, 4-7 yoshda 1,1-1,4 mg, 7-12 yoshda 1,7-2 mg.

V9 vitamini — yoshga to`lmagan bolalar uchun 25 mkg, 1-4 yoshlilar uchun 35-75 mkg, 4-7 yoshlilarga 100-150 mkg, 7-12 yoshlilarga 150-200 mkg.

Me`yordan oshsa: uchala vitaminning ham miqdori nazorat qilinmasa, hazm faoliyati buzilishi, ich ketishi, ko`ngil aynishi, bosh og`rig`i, diareya kabi holatlar yuzaga kelishi mumkin.

Muhim! V3 vitamini V12, V9 va sink moddasi bilan bir vaqtda qabul qilinmaydi. V3, V6 hamda temir moddasi, V9, V2 vitamini bilan mos keladi.

Profilaktika: agar bolajoningizning taomnomasida gulkaram, pishloq, sut, yashil bargli o`simliklar, salat bargi, tvorog, apelsin sharbati kabi mahsulotlar bo`lsa, yuqorida nomi keltirilgan vitaminlar miqdori me`yorda bo`ladi. Ammo qo`shimcha preparatlarda mahsulot tarkibi va miqdoriga ahamiyat qiling.

Dorixonalarda: shifokor ko`rsatmasiga ko`ra Vitrumbebi (1 tabletkadan 1 mahal), Komplivit (1 tabletkadan 1 mahal) va Pikovit (1 choy qoshiqdan 1 mahal) preparatlari tavsiya etiladi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar