Hindistonning Nyu-Deli shahrida yashovchi Xar Parkash Rishi o`z og`ziga bir vaqtning o`zida 500 ta somoncha (idishdan suyuqlik ichish uchun mo`ljallangan, somonchaga o`xshash buyum) va 50 dan ortiq yonayotgan shamni sig`dirib, jahon rekordini o`rnatdi, deb yozadi “The Huffington Post”. Buning uchun erkak oldindan barcha tishlarini oldirib tashlashiga to`g`ri keldi.
74 yoshli Rishining yutug`i “Ginnessning rekordlar kitobi” vakillari tomonidan qayd etilgan. Shu bilan bir vaqtda hindistonlik badaniga turli davlat bayroqlari ko`rinishidagi 366 ta tatuirovka tushirib, yana bir rekord o`rnatdi.
Bundan tashqari, erkak “Ginnessning rekordlar kitobi”ga kiritilgan yana 20 dan ortiq rekordlar muallifi hisoblanadi. Rishi tashkilot e`tiboriga ilk marotaba 1990 yilda tushgan edi, o`shanda u do`stlari bilan skuterlarda 1001 soat uzluksiz uchgan edi.
Endi rekordchi tanasiga dunyo etakchilari portretlarini maksimal miqdorda chizdirish orqali navbatdagi rekordini o`rnatish niyatida.