Afsonaviy “Bolalar” guruhi ayollar bayrami munosabati bilan 7-8-9 mart kunlari “Istiqlol” san`at saroyida “Bolalar shou” nomli konsert dasturini havola etdi.
9 mart kuni guvohi bo`lganimizdek, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Tohir Sodiqov konsertini a`lo darajada o`tkazdi.
U konsertning unutlmas bo`lishining uddasidan chiqdi. Konsertga tashrif buyurganlar bunday dastur hali bo`lmagani va yaqin orada bo`lmasligini aytishdi.
Konsert 10 daqiqaga kech boshlangan bo`lsada, soat 21:30 gacha davom etdi. Tohir Sodiqov hamda Bolalar guruhi 2 yarim soat davomida o`z muxlislarini hursand qildi.
Konsertda Popuri, “Sog`indim” hamda yangi a`lbomdan joy olgan bir necha taronalar fonogramma orqali ijro etilgan bo`lsa, qolgan 10 dan ortiq qo`shiq jonli ijroda bo`ldi.
Tohir Sodiqov zaldagi muxlislar so`ragan barcha qo`shiqlarni kuylab bergani uning ahamiyatli tomoni bo`ldi. Sabab muxlislar o`zlari eshitishni istagan qo`shiq nomini qog`ozga yozib xonandaga berishdi, Tohir Sodiqov esa hech bir muxlisning iltimosini chetda qoldirmadi.
Konsertga Ravshan Sobirov va Jahongir Poziljonovlar tashrif buyurib, muxlislarni o`z mashhur taronalari bilan hushnud qilishdi. Darvoqe, Poziljonov konsert dasturida yuz foiz jonli ovozda kuyladi.
80 foiz jonli tarzda o`tgan konsertda butun zal xonanda bilan birga kuyladi. Yangi a`lbomdan joy olgan “Alvido” hamda “Adashdim” qo`shiqlarini a`lo darajada kuylanganini alohida ta`kidlab o`tish lozim.
Tohir Sodiqov hamda “Bolalar” guruhining barcha a`zolariga o`tkazilgan jonli konsert uchun minnatdochilik bildirib, keyingi yildagi konsertni kutib qolamiz.





