AsosiyMadaniyat
7539

YaNGI FILM: “NAZIRA”

'YaNGI FILM: “NAZIRA”'ning rasmi


Mahoratli rejissyor Jahongir Qosimov yaqin kunlarda kino ixlosmandlarini mag`zi butun film bilan xushnud qiladi. U bir o`zbek ayolining hayot yo`li misolida hayotning shavqatsiz sinovlari va jamiyatdagi ayrim muammolarni ochib berish niyatida. O`n farzandni tarbiyalagan va farzandlarining baxt u kamoli uchun shaxsiy biznesini yo`lga qo`ygan Naziraning faoliyati havas qilgulik emasdi. Bardoshli ayol sinovlarga bo`yin egmay, mahalliy amaldorlar timsolidagi korrupsiyalashgan tizimga qarshi borishdan ham tap tortmaydi. Ba`zan qoqiladi, yillab yiqqan, bolalarining nasibasi sanalgan mol-mulki talon-taroj bo`ladi, biznesini qaytadan boshlaydi, salomatligidan ayriladi, ammo ortga chekinmaydi. Ismi Nazira bo`lsa ham, benazir ayol o`laroq g`alaba qozonadi. Rejissyorning film orqali sizga aytmoqchi bo`lgan gaplari bisyor.

Eslatib o`tamiz, filmda Po`lat Saidqosimov, Shodiya To`xtaeva, Muyassar Berdiqulova, Javohir Zokirov, Akbarxo`ja Rasulov kabi elimiz ardog`idagi aktyor va aktrisalar suratga tushishgan. Film premerasi dekabr oyining so`nggi kunlarida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar