1

Barcha tillardan tarjima qiluvchi moslama

Hi-tech 05.12.2017, 11:41
Barcha tillardan tarjima qiluvchi  moslama

Dunyoda odamlar o`rtasiga chegara soluvchi emas, aksincha ularni birlashtiruvchi yangi texnologiyalarning paydo bo`lishi juda soz ish. Masalan, turli tillarda so`zlashuvchi suhbatdoshlarning nutqini bir zumda tarjima qiluvchi quloqchinlar...

Bejizga zarurat — kashfiyotlar onasidir, deyilmaydi. Bir kuni Indiegogo kompaniyasining asoschisi Endryu Ochoa ingliz tilida so`zlay olmaydigan fransuz qizni uchratadi. Aynan mana shu sururli uchrashuv sharofati bilan Pilot portativ quloqchini yaratildi. Moslama quyidagicha ishlaydi: agar suhbatdoshingiz sizga fransuz tilida so`zlasa, quloqchinda uning jumlalarini ona tilingizda, masalan, ingliz tilida eshitasiz. Suhbatdoshingiz esa, o`z navbatida gap-laringizni fransuz tilida eshitadi. Pilot tarjimoni ikkita quloqchin (ikki suhbatdosh uchun), portativ quvvatlantiruvchi moslama va smartfon uchun ilovadan tashkil topgan. Hozirgi kunda fransuz, ispan, italyan va ingliz tilidan tarjima qiluvchi versiyalari mavjud. Kelajakda kompaniya slavyan va Sharqiy Osiyo tillarini qo`shishni ko`zlamoqda. Quloqchinlar yordamida katta davrada ham so`zlashish mumkin. Hatto suhbatdoshlar turli tillarda gapirishsa ham, ularning har biri sherigining jumlalarini o`z ona tilida eshitadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1