1

“YuZDAGI DOG`LAR JIGAR KASALLIKLARIDAN DARAKMI?”

Salomatlik 05.12.2017, 15:29
“YuZDAGI DOG`LAR JIGAR KASALLIKLARIDAN DARAKMI?”

— Yoshim 38da. Yuzimda katta-kichik jigarrang dog`lar paydo bo`layapti. U qadar ko`zga tashlanmasa-da, pardoz qilayotganimda seziladi. Dog`lar o`ng qo`l kaftimda ham bor. Dugonalarimdan biri “bu jigar faoliyati bilan bog`liq o`zgarish”, dedi. Ayting-chi, shu rostmi?

Hilola Sattorova, Navoiy viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Noto`g`ri ovqatlanish, nosog`lom turmush tarzi, dori preparatlarini ko`p miqdorda va pala-partish qabul qilish, zararli odatlar va ekologiya ta`siri jigarni xastalantiradi. Organizmning filtri hisoblangan a`zodagi o`zgarishlar esa dastlab tashqi taraflama ayonlik beradi, ammo ko`pchilik buni payqamaydi. Jigar faoliyatidagi buzilishlarga ishora qiladi. Jigardagi o`zgarishlardan darak beruvchi alomatlar ko`p. Sizda qay biri kuzatilayotganiga qarab, albatta shifokorga murojaat qiling. O`z vaqtida bajarilgan davo choralari keyingi asoratlarning oldini olishda muhimdir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1