1

ShOLG`OMNING TIBBIY AHAMIYaTI

Salomatlik 05.12.2017, 15:34
ShOLG`OMNING TIBBIY AHAMIYaTI

Sholg`om jigar faoliyatini yaxshilaydi. O`t pufagi suyuqligining ishlab chiqarilishini me`yorlashtiradi. Qovuqda toshlarning paydo bo`lishiga to`sqinlik qiladi. Tarkibidagi sellyuloza ichaklar faoliyatini faollashtiradi. Me`da-ichak tizimi faoliyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Qolaversa, qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi.

Qadimdan sholg`om sil va moxov kasalligining oldini oluvchi sabzavot sanalgan. Undan tayyorlangan murabbo immunitetni ko`taradi. Sholg`om qaynatmasi esa angina (bodomcha bezlari yallig`lanishi) va tish kasalliklarida foydalidir.

Bu sabzavot pishirilganda uning shifobaxshligi yanada ortadi. Chunki, sholg`om pishirilish jarayonida undagi glyukozid moddasi xantal moyiga aylanadi. U ishtahani yaxshilaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1