AsosiyDunyo

Boston metrosida poezd relsdan chiqib ketdi

AQShning Massachucets shtati Boston shahri metrosida poezdning birinchi vagoni relslardan chiqib ketdi. Buning oqibatida 7 kishi jarohat oldi.

Voqea Kenmor va Fenuey bekatlari orasida sodir bo`lib, qutqaruvchilar tezda voqea joyiga etib kelishgan va yo`lovchilarga falokat joyini tark etishga yordam berishgan. 

Hozirda jarohatlanganlar kasalxonaga etkazilgan, voqea sabablari esa o`rganilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar